Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

ILMIY-TAJRIBA STANSIYALARI NAV SINASH MARKAZIGA AYLANIB QOLMASLIGI KERAK

ILMIY-TAJRIBA STANSIYALARI NAV SINASH MARKAZIGA AYLANIB QOLMASLIGI KERAK
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bugun dunyodagi eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. Boisi, aholi soni borgan sari ortyapti va sayyoramizdagi global iqlim o‘zgarishlari qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil olishda o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatyapti. Bu esa soha olimlarining oldiga yangicha ilmiy yondoshuvlar asosida resurstejamkor, serhosil navlarni yaratishni vazifa qilib qo‘ymoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, agrar sohasining ilmi boshqa sohalardan farqli ravishda faqatgina ilmiy laboratoriyalarda kechmaydi. Balki, ilmiy laboratoriyalardagi jarayonlar ekin dalasi bilan uzviy bog‘liq. Tadqiqotlarning natijasi ham bevosita dalada namoyon bo‘ladi. ⌛Shu bois Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy-tajriba stansiyalari zimmasida ham katta mas’uliyat bor. Xo‘sh, ilmiy-tajriba stansiyalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy jamoalar bu mas’uliyatni nechog‘lik his qilyapti, soha ilmini rivojlantirishga moddiy-texnik baza qanchalik javob beradi? Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori rahbarligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatidagi ilmiy-tajriba stansiyalarida bo‘lib, ushbu savollarga javob izladi. Ochig‘ini aytish kerak. Viloyatdagi ilmiy-tajriba stansiyalarining holati bugungi kun talabiga javob bermaydi. So‘zimizni Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Navoiy viloyatidagi ilmiy-tajriba stansiyasi misolida davom ettiramiz. Stansiya uchun yaqinda yangi bino qurib foydalanishga topshirilgan. Xodimlar uchun ishlashga sharoit yaratishu ilmiy laboratoriyalarni tashkil qilib, zarur uskunalar bilan jihozlash hozircha galdagi vazifa bo‘lib turibdi. Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, "stansiya rahbariyati uzoq yillar davomida o‘zibo‘larchilik kayfiyatida ishlagani, shu paytgacha ilmiy xodimlar tuzukroq binoda haqiqiy ilm bilan shug‘ullanib, hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos navlar yaratish o‘rniga bosh institutda yaratilgan bug‘doy navlarini sinash va tavsiya berishdan nariga o‘tmagan. Chunki ilmiy salohiyat doim past bo‘lgan. Bu holat tizimdagi ko‘plab stansiyalarga xos" deya keskin tanqid qildi. Shundan so‘ng stansiyaning tajriba maydonlarida bosh institutda yaratilib, sinovdan o‘tkazilayotgan bug‘doy navlarining parvarishi bilan tanishildi. Vernalizatsiya usulida tindirib ekilgan bug‘doy navlarining oddiy usulda ekilgan navlar bilan rivoji taqqoslab ko‘rildi va yangi usulda ekilgan bug‘doy maysalarining rivojlanishi olimlar tomonidan e’tirof etildi. Yana bir gap. Ishchi guruh dala madaniyatida ilmiy muassasalar o‘rnak bo‘lishi lozimligi, dala chetlarida foydalanilmay yotgan har qarich yerning hisob-kitobi borligi qayd etildi. Mavjud kamchiliklarni berilgan tavsiyalar asosida bartaraf etishga kirishildi. Ilmiy-tajriba stansiyasining mashina-traktor parki ham ko‘zdan kechirildi. E’tirof etish kerak. Bosh institut tomonidan stansiyani samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zamonaviy texnikalar bilan ta’minlangan. Mavjud texnikalardan to‘g‘ri foydalanib, to‘g‘ri saqlash zarur. Ishchi guruhning o‘rganish yakunida ushbu ilmiy-tajriba stansiyasini qisqa muddatda namunali stansiyaga aylantirishga oid chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.