Milliy markazda navbatdagi ma’rifat soati o‘tkazildi

Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida markaz xodimlari hamda tizim tashkilotlari vakillari ishtirokida navbatdagi ma’rifat soati tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari, olimlar va tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
Kun tartibidan Milliy istiqlol g'oyasi, prezidentimizning Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifi hamda qishloq xo‘jaligining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan g‘o‘za yetishtirishning 8 ta asosiy qonuniyati bilan bog‘liq masalalar o‘rin oldi.
Tadbirni Milliy markaz ilmiy kotibi Suhrob Matyoqubov kirish so‘zi bilan ochib, ma’rifat soatining asosiy maqsad va vazifalari, unda muhokama qilinadigan masalalarning bugungi kun uchun dolzarbligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ilm-fan, ma’rifat va amaliy tajriba almashinuvi xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidladi.
Ma'rifat soati avvalida Toshkent davlat agrar universiteti Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor O. Ostonov tomonidan Mustaqillik bayrami munosabati bilan tayyorlangan maxsus taqdimot ishtirokchilarga namoyish etildi. Taqdimot davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fan, ta’lim va qishloq xo‘jaligi sohalarida erishilgan natijalar hamda xalqimiz hayotida yuz bergan muhim o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Taqdimotning asosiy mavzusi Prezidentimizning Janubiy Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi va qishloq xo'jaligi sohasida O‘zbekiston–Koreya munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan hamkorlik kelishuvlari bo'ldi.
Ma'naviyat soati davomida g‘o‘za yetishtirishning 8 ta asosiy qonuniyati haqidagi mavzu yuzasidan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Bahodir Holiqov va Feruza Xasanovalar so‘zga chiqib, g‘o‘za yetishtirish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan muhim agrotexnik talablarni batafsil tushuntirib berdi.
Bunday ma’rifiy uchrashuvlar fuqarolik jamiyatining shakllanishida, ijtimoiy faollikni oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube