ZАMONАVIY QISHLOQ XOʼJАLIGI TEXNIKАLАRIDАN SАMАRАLI FOYDАLАNISH BOʼYICHА TАVSIYALАR BERILMOQDА

Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriya rahbarlari Toshkent viloyati Oqqoʼrgʼon tumani H.Olimjon hududida faoliyat olib borayotgan “Bek” fermer xoʼjaligi dalalarida hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Bu yerda gʼoʼza qator oralariga sifatli ishlov berishda paxtachilik kultivatorini sozlash boʼyicha muhandis, mexanizator-operatorlarga amaliy yordam koʼrsatish ishlari amalga oshirildi.
Hozirda institutda olimlar tomonidan yaratilgan yangi texnikalardan unumli foydalanish, chigitlarni aniq miqdorlarda sifatli ekish, urugʼlarni ekishga moʼljallangan pnevmatik seyalkalarning asosiy afzalliklari va gʼoʼza qator oralariga sifatli ishlov berish boʼyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni taqdim etishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube