Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Zamonaviy texnologiyalar — yuqori hosil garovi

Zamonaviy texnologiyalar — yuqori hosil garovi
Buxoro viloyatidagi ishchi tashrifini yakunlagan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bugun erta tongdan Qashqadaryo viloyatidagi dala maydonlarini ko‘zdan kechirishni boshladi. Tashrif dasturiga ko‘ra, vazir dastlab “Indorama Agro” qo‘shma korxonasining Nishon tumanidagi dala maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi. Umumiy maydoni 15 ming gektarni tashkil etuvchi mazkur hududda paxta parvarishi zamonaviy agrotexnologiyalar asosida tashkil etilgan. Bu yerda barpo etilgan suv yetkazib berish stansiyasi suvni tindirib, zarur mineral o‘g‘itlar bilan birga ekinlarga yetkazib beradi. Avtomatlashtirilgan mazkur stansiya 15 ming gektar maydonni tomchilatib sug‘orish tizimi orqali suv bilan ta’minlash imkonini beradi. Bu esa suv resurslarini tejash, hosildorlikni oshirish va ekinlarning barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, vazir AQShda ishlab chiqarilgan agrosamolyot faoliyati bilan ham tanishdi. Bugungi kunda “Indorama Agro”da shunday ikkita samolyot mavjud bo‘lib, ularning biri Sirdaryo, ikkinchisi esa Qashqadaryo viloyatida xizmat ko‘rsatmoqda. Samolyot bir sutkada o‘rtacha 1000 gektar maydonga himoya vositalari va maxsus preparatlarni sepish imkoniyatiga ega. Bu esa vaqt va mehnat resurslarini tejash, agrotexnik tadbirlarni qisqa muddatlarda va sifatli amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, joriy mavsumda xo‘jalikda yuqori hosilli xorijiy paxta navlari qo‘shqator usulida plyonka ostiga ekilgan bo‘lib, ushbu texnologiya ekinlarning barqaror rivojlanishi va yuqori hosil shakllanishiga xizmat qilmoqda. Tashrif davomida vazir hosil taqdirini belgilaydigan eng muhim omil agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish ekanini alohida ta’kidladi. Qayd etilishicha, Nishon tumanida bu yil yuqori hosil olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lib, belgilangan vazifalarning samarali ijrosi kutilgan natijalarga erishishning asosiy sharti hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar, suvni tejovchi yechimlar va yuqori unumdor texnikalar qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish hamda tarmoqning raqobatbardoshligini mustahkamlash yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.