Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini yaratish masalalari muhokama markazida

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini yaratish masalalari muhokama markazida
Avval xabar berganimizdek, bugun Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida “Zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinalarini yaratishning muammolari va innovatsion yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-texnik konferensiya o'z ishini boshladi. Dastlab Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shodmon Namozov so‘zga chiqib, global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligiga ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish, suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish hamda resurstejamkor texnikalarni ishlab chiqish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi. Konferensiya davomida olimlar va soha mutaxassislari qishloq xo‘jaligi mashinalarining yangi avlodini yaratish, ularning texnik parametrlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qilish bilan birga zamonaviy texnikalarning samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif hamda amaliy tavsiyalarni bildirib o'tishdi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.