Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Zamon bilan hamnafas: talabalarning qiziqishi, intilish va ehtiyojlari o‘rganilmoqda

Zamon bilan hamnafas: talabalarning qiziqishi, intilish va ehtiyojlari o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati va turar joy binolarida talaba yoshlar uchun yaratilgan sharoit bilan yaqindan tanishish maqsadida universitetga tashrif buyurdi. ⏺Aytish kerak, bugun, Toshkent davlat agrar universiteti bakalavriat yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shaklida 7180 nafar talaba-yoshlar tahsil olmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov universitet hududidagi 13-son talabalar turar joyi bilan yaqindan tanishar ekan, u yerda talabalarga yaratilgan sharoit, muammo va takliflar bilan qiziqdi. Vazir o‘z navbatida talabalar tomonidan amalga oshiriladigan har bir loyihani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Talabalar faqat auditoriyalarda saboq olish bilan chegaralanmasdan, o‘z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab borishlarini ta’kidladi. Maqsad yagona: talaba ilm olish bilan birgalikda o‘zidagi iste’dod va qobiliyatni shakllantirsin. Zamonaviy fikrlaydigan hamda yangilik yarata oladigan shaxs bo‘lsin. Tillarni bilishi, to‘garaklardagi ishtiroklari uning kelgusi faoliyati hamda oila muhitida aks etishi joiz. Shunda agrotarmoqning zamonaviy menejerlari zamonaviy qishloq xo‘jaligini aqlli yo‘nalishlarini vujudga kelishiga zamin yarata oladilar. #vazir #agrar #turar_joy #talaba WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.