Yuksak darajadagi e’tirof muborak bo’lsin!

Shu kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi barcha tashkilot va ilmiy muassasalarda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” keng nishonlanmoqda.
Ana shunday shukuhli kunlarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining Intensiv navlar seleksiyasi laboratoriyasi mudiri Xilalo Chariyeva ham davlatimiz rahbarining farmoniga asosan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
— Prezidentimizning bu yuksak e’tibori birgina menga emas, balki butun ilmiy jamoamizga, qolaversa, sohamizda sidqidildan mehnat qilayotgan olimlarga berilgan katta ishonch va rag‘bat deb bilaman —
dedi Xilalo Chariyeva samimiy minnatdorlik bilan bugun ilmiy muassasada bo‘lib o‘tgan tadbirda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra, u katta ilmiy xodim ilmiy unvonini ham oldi. Bu esa uning yillar davomida olib borgan izlanishlari va paxta seleksiyasidagi innovatsion ishlariga berilgan munosib bahodir.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube