Yoshlar_kuni

#Zakovat
Yosh olimlar intellektual bahsda
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida "30—iyun Yoshlar kuni" munosabati bilan bilimlar bellashuvi tashkil etildi. Unda Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari yoshlaridan iborat jamoalar uchun "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rin: Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining "Renessans" jamoasiga,
2-o'rin: Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining "Yosh bog'bonlar" jamoasiga,
3-o'rin: Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining "Yosh tadqiqotchilar" jamoasiga nasib qildi.
Intellektual musobaqada faol ishtirok etgan jamoalarga tashakkurnoma e'lon qilinib, g'oliblar maxsus diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube