Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Yosh olimlarning mosh va bug‘doy bo‘yicha yangi ilmiy ishlari muhokamada

Yosh olimlarning mosh va bug‘doy bo‘yicha yangi ilmiy ishlari muhokamada
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Murodullo Amirov “Istiqbolli mosh navlarining hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlariga azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalarning ta’siri” mavzusida ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etdi. Uning ta’kidlashicha, mosh dunyo bo‘yicha oziq-ovqat sifatida muhim dukkakli ekinlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ildizdagi tuganak bakteriyalar orqali tuproqni tabiiy azot bilan boyitishi, qurg‘oqchilikka chidamliligi va yuqori ozuqaviy qiymati bilan ahamiyatli. – Tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, mosh urug‘ini turli Bradyrhizobium shtammlari va “Belanessiya” biopreparati bilan inokulyatsiya qilish natijasida hosildorlik nazorat guruhiga nisbatan 20% dan ortiq oshdi. Masalan, moshning “Barqaror” navi uchun “Belanessiya” bilan ishlov berilganda gektariga 28,6 sentner hosil olingan bo‘lib, bu nazoratga nisbatan 19,1% yuqori ko‘rsatkichdir. “Durdona” navida esa Bradyrhizobium-2 shtammi eng samarali bo‘lib, hosildorlik 24,4 sentnerni tashkil etdi. Shuningdek, bakteriyalar bilan ishlov berilgan urug‘lardan o‘sgan o‘simliklar tezroq o‘sib, gullashi va pishiği nazoratdan 2–5 kun oldinligi kuzatildi, – dedi taqdimotchi. Shundan so‘ng Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Otabek Amirovga so‘z navbati berildi. U Zoom platformasi orqali “Lalmikor maydonlarda yumshoq bug‘doyning biologik bahorgi, ultraertpishar va yuqori hosildor boshlang‘ich manbalarini yaratish” mavzusida olib borayotgan tadqiqotlari haqida ma’lumot berdi. Uning fikricha, iqlim o‘zgarishi va lalmiyerlarda mavjud bug‘doy navlarining noqulay omillarga chidamsizligi oziq-ovqat xavfsizligi uchun jiddiy tahdiddir. Shu bois u serhosil va ertapishar yangi navlarni yaratish ustida ish olib bormoqda. Otabek Amirovning natijalariga ko‘ra, turli mahalliy va xalqaro kollektsiyadan olingan namuna va tizmalar asosida o‘tkazilgan kuzatuvlarda ayrim navlar andoza “Tezpishar” naviga nisbatan don sifati va hosildorlik bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etdi. Masalan, SP2-150, SP2-153, FAWWON-18 kabi navlar hosildorligi bilan ajralib turdi. Shuningdek, ayrim navlar (SP2-138, SP2-148, SP1-T11) boshoq uzunligi jihatidan yuqori natijalarni namoyon etgan. Davra suhbatining muhokama qismi qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Ustozlar tomonidan doktorantlarning taqdimotlari tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB| Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.