Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Respublika agroxizmatlar markazi xodimlari uchun fuqaro muhofazasi oyligi doirasida bugun yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy o‘quv mashqlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida xodimlarga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish tartibi, yong‘in sodir bo‘lganda evakuatsiya qoidalari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish hamda mehnat va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish yuzasidan amaliy va nazariy tushunchalar berildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga qat'iy amal qilish hamda fuqarolar muhofazasi bo‘yicha xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mazkur o‘quv mashqlari xodimlarning favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini yanada oshirish, shuningdek, markazda xavfsiz mehnat muhitini ta'minlashga xizmat qiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube