Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Yetmish sentnergacha hosildorlik va 7 ta muhim xususiyat

Yetmish sentnergacha hosildorlik va 7 ta muhim xususiyat
⌛ Ayni daqiqalarda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Baxtiyor, Ne’mat, Shavkat” fermer xo‘jaligida Xitoydan keltirib ekilgan g‘o‘za navlarining agrotexnikasidagi o‘ziga xos jihatlarga bag‘ishlangan dala seminari boshlandi. © Seminarda respublikaning barcha hududlaridan Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi a’zolari, soha olimlari, mutaxassislar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va xitoylik mutaxassis ishtirok etmoqda. Seminarni kirish so‘zi bilan ochgan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov yurtimiz dalalarida parvarish qilinayotgan Xitoy seleksiyasiga mansub g‘o‘za navlarining 70 sentner hosil berishi va 7 ta muhim xususiyati haqida seminar ishtirokchilariga qiziqarli ma’lumotlarni taqdim qildi. Agar ushbu ma’lumotlar sizni ham qiziqtirsa bizni kuzatib boring. Qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga videoformatda taqdim qilamiz. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.