yaxshil_makon

Xalqimizning ezgu qadriyatlaridan biri ko‘chat ekib, bog‘ yaratib atrof muhitni obod va ozoda tutishdir. Manashu qadriyatlar davomi sifatida ''Yashil makon'' umummilliy lohiyasi doirasida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Institut hududida shu kunga qadar 350 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, ayni kunlarda 2500 tup uzum ko‘chatlarini ekishga tayyorgarlik ishlari avjida.
Ona zamin yashnamog‘i uchun qilingan har bir harakat zamirida savobli amal mujassam. Hamisha o‘zidan bog‘ qoldirgan vatandoshlarimiz uchun bir tup bo‘lsa ham daraxt niholini ekish an'ana tusiga kirgan.
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti matbuot xizmati
Telegram | Facebook