Yashilsayyora

“Yashil makon" umummilliy doirasidagi tadbirlar
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishlari Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida ham qizg‘in ravishda olib borilmoqda. Institut jamoasi 2000 tupga yaqin mevali, manzarali daraxt, tok va buta ko‘chatlari ekish ishlarini uyushqoqlik bilan bajarmoqda.
Mazkur tadbirda bosh institut va tizimdagi barcha 8 ta ilmiy-tajriba stansiyalari 80 dan ziyod olimlari va xodimlari ishtirok etmoqdalar.
Tadbirni o‘tkazishda maqsad, mamlakatimiz tabiatini asrab avaylashga, yurtimizni yashillika burkanishiga institut jamosi o‘z hissasini qo‘shishidir.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz