Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha
Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda. Xususan, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida “Tajriba xo‘jaligi” hududiga 800 tupdan ortiq terak va pavlovniya kabi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Tadbirda institut rahbariyati, laboratoriya rahbarlari, tayanch doktorantlar hamda texnik xodimlar faol ishtirok etdi. Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi tomonidan Yangiyo‘l tumani Epkendi MFYda joylashgan sinov-tajriba hududida obodonlashtirish ishlari o‘tkazilib, 200 dan ortiq (80 tup olma, 20 tup oʻrik, 20 tup uzum, 20 tup jiyda, 30 tup nok va 40 tup gilos) mevali daraxt ko‘chatlarini ekish amalga oshirildi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.