Yashil_makon

Bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar teradi
Bugun Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimudagi tashkilotlarning ko’ngillli jamoalari ham "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tegishli er maydonlarida aynan tut ko’chatlari o’tqazishdi.
Tut daraxri ipak qurti uchun ozuqa bo’lishl bilan birga, bahor faslining darmondorilarga boy tansiq mevasi hamdir. Shu bilan birga tut daraxti yuz yilgacha umr ko’rishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlanadi. Shu bois dono xalqimiz bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar teradi deyishadi. Ushbu savobli yumishda Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Jamoamiz vakillari o’zlariga ajratilgan maydonda ko’chat ekish uchun erni sifatli tayyorlab, tut ko’chatlarini mutaxassislar tavsiyasi asosida otqazishdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube