Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Yaponiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik stipendiatlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yaponiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik stipendiatlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasida Yaponiyaning “Inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha stipendiya dasturi” (JDS — Project for Human Resource Development Scholarship) doirasida 2026-yildan tahsil olish uchun Yaponiyaga kelgan yangi stipendiatlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida stipendiatlarning Yaponiyadagi ta’lim jarayoni, yangi muhitga moslashuvi, ilmiy izlanishlari hamda kelgusidagi o‘quv rejalari yuzasidan fikr almashildi. Muloqot chog‘ida stipendiatlarga Yaponiyaning ilg‘or tajribasi va zamonaviy bilimlarini puxta o‘zlashtirish, ta’lim jarayonidan samarali foydalanish hamda orttirilgan bilim va ko‘nikmalarni kelgusida O‘zbekiston taraqqiyoti, xususan, davlat boshqaruvi tizimini yanada rivojlantirishga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. E’tiborlisi, yangi stipendiatlar safida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi jamoasi a’zosi Abdullaxon Shukurov ham bor. U JDS dasturi doirasida Yaponiyada tahsil olib, zamonaviy bilim va ilg‘or tajribalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma’lumot uchun: JDS dasturi 1999-yildan buyon O‘zbekistonda yuqori malakali davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qilib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida dastur doirasida 450 nafardan ortiq o‘zbekistonlik davlat xizmatchisi Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib, malakasini oshirgan. Yangi stipendiatlarga o‘qishlarida muvaffaqiyat, ilmiy izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz! Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.