Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Yangilik

Yangilik
#Introduksiya O‘ZBEKISTONDA ILK BOR GUAR O'SIMLIGI EKILMOQDA Ushbu o‘simlik asosan Hindiston, Pokiston va AQSHda ko‘p ekiladi. O‘simlikdan olinadigan mahsulotlar oziq—ovqat sanoati uchun qimmatli xom ashyo bo‘lsa, poyasi chorvachilik uchun oqsilga boy ozuqa sanaladi. Undan olinadigan mahsulotlarga jahon bozorida ehtiyoj katta. Misol uchun Rossiya Federatsiyasi Hindistondan katta miqdorda guar o‘simligini import qiladi. Demak, mamlakatimizda guar o‘simligini introduksiya qilish va yetishtirish istiqbolli. ⏩Ayni maqsadda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasining tajriba dalasiga ekildi. Bu haqda institut direktori o‘rinbosari Hamidulla Hasanov intervyu berdi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | ™Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.