Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

YANGI QOVUN NAVI YARATILDI

YANGI QOVUN NAVI YARATILDI
Unga “Iftixor” deb nom berilib, 2024-yilda Intellektual mulk markazining NAP458-son patenti bilan seleksiya yutug‘i sifatida e'lon qilindi. Ushbu nav Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratildi. Nav o‘rtapishar, o‘suv davri 80-85 kun. Mevasi sharsimon, kichik hajmli, vazni 1,0-1,8 kg. Meva yuzasi tekis, rangi yashil sariq, qizg‘ish yuliq dog‘lari bor. Po‘sti qattiq, to‘liq to‘rli. Eti qalinligi o‘rta, ov tusli, tig‘iz, mayin, shirin. Qand modda miqdori 12,1%. Xosildorligi 21-23 t/ga. Un shudring kasalligiga chidamli. Nav mualliflari: M.U.Xalimova – q.x.f.n., R.A.Nizomov – q.x.f.d., professor, R.A.Xakimov – q.x.f.n., S.M.Sadullayev - q.x.f.f.d. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.