Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Yangi O‘zbekistonning ertasi qanday bo‘ladi? Prezident Murojaatnomasini o‘tkazib yubormang!

Yangi O‘zbekistonning ertasi qanday bo‘ladi? Prezident Murojaatnomasini o‘tkazib yubormang!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi joriy yil 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi. Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi. Yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘zingizga qulay tilda tomosha qiling: Surdotarjima bilan (o‘zbek tilida): «O‘zbekiston» telekanalida; Rus tilida tarjima bilan: «Dunyo bo‘ylab» va «Toshkent» telekanallarida; Ingliz tilida tarjima bilan: «Yoshlar» telekanalida. Onlayn: Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga oid strategik rejalarni birinchilardan bo‘lib kuzating! https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.