Xushxabar

#Ilmiy_jurnal
#Yangi_nashr
DIQQAT, YANGI NASHR
Bugun biz tobora rivojlanib borayotgan davrda yashayapmiz. Hayotimizni mobil aloqa vositalari, turli gadjetlar va internetsiz tasavvur eta olmaydigan darajaga yetdik. So‘nggi paytlarda inson aql-zakovatining mahsuli bo‘lgan sun’iy intellekt ham uncha-muncha yumushlarimizni o‘z “zimmasi”ga olayotgani ham bor gap. Ha, bugun axborotni tezkor tarqatish va uni qabul qilishda internet nashrlari bilan bellashib bo‘lmaydi, biroq bosma ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o‘rnini ham boshqa narsa bosa olmasligini e’tirof etishimiz zarur. Chunki gazeta va jurnallar nafaqat chuqur tahlil va mulohaza bilan yozilgan, o‘quvchini mushohadaga chorlovchi maqolalarni e’lon qiluvchi axborot vositasi balki, insoniyatga ziyo ulashuvchi ma’naviyat sarchashmasi, qolaversa jurnalistika sohasi uchun tom ma’noda savodli, kasbining ustasi bo‘lgan kadrlarni yetishtirib beruvchi maktab hamdir.
To‘g‘ri, so‘nggi yillarda bosma ommaviy axborot vositlariga bo‘lgan e’tibor biroz susaygandek, yanayam to‘g‘rirog‘i bosma nashrlar bozor iqtisodiyoti bo‘ronlariga dosh bera olmayapti, ammo o‘z o‘quvchisiga ega bo‘lgan qiziqarli nashrlar ham oz emas. Ayniqsa, ilmiy-tadqiqotlarning muhim faktlari e’lon qilinuvchi ilmiy jurnallarni muntazam mutolaa qiluvchi mushtariylar juda ko'p. E’tibor qilsangiz eng katta audotoriyaga ega bo‘lgan onlayn nashrlardan tortib, eng qiziqarli informatsion dasturlar ham o‘z sahifalarida ilmiy jurnallarda chop etilgan olamshumul kashfiyotlar, tadqiqotlar tafsilotlarini o‘z muxlislariga yetkazishga oshiqadi.
Shuni mamnuniyat bilan aytishimiz mumkinki, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati tashabbusi bilan yangi ilmiy nashr faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Milliy markaz muassisligida chop etiladigan yangi nashr “Innovatsion agrotexnologiyalar” deb nomlandi. Ushbu jurnal sahifalarida agrar sohada ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan ilm ahlining tadqiqotlar jarayonlarida qo‘lga kiritgan muhim faktlariga asoslangan maqolalari o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.
Mavridi kelganda aytib o‘tamiz, mazkur jurnal bir yilda to‘rt marotaba chop etiladi.
Qadrli, olimlar ushbu yangi nashr sizning doimiy minbaringiz va hamrohingizga aylanadi. Uni dunyoga mashhur qilish esa sizlarning mamlakatimiz agrar sohasini yuksaltirib, iqtisodiyotini mustahkamlashga hissa qo‘shadigan olamshumul kashfiyotlaringiz va ixtirolaringizga bog‘liq. Jurnal tahririyati esa tafsilotlarni mushtariylarga yetkazishda sizga eng ishonchli hamkor bo‘lishga harakat qiladi. Umid qilamizki, yangi nashr ilmiy jamoatchilik va mushtariylarga manzur bo‘ladi!
Quyidagi PDF faylda jurnalga maqola berishning tartiblari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | ™Facebook | Youtube