Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xorijiy_tajriba

Xorijiy_tajriba
Bugun Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markaziga Turkiyaning Sharqiy O'rta Yer dengizi qishloq xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, seleksioner olim doktor Ayshe Nuran Chil xonim tashrif buyurdi. Ayshe xonim bugungi kunda Milliy markaz tizimidagi  Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda kungaboqar va yeryong'oq seleksiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shu bois tashrif davomida mutaxassis Milliy markazning Yuqorichirchiq tumanida joylashgan tajriba dalasiga ekilgan kungaboqar va yeryong’oqning o’sish jarayonini mutaxassis sifatida ko’zdan kechirish uchun taklif etildi. Bu yerga kelgusida gibrid nav yaratish maqsadida yeryong’oqning o’zbek va xitoy navlari aralashtirib ekilgan (o’zbek navining mag’zi maydaroq xitoy navining mag’zi esa nisbatan yirikroq). Mutaxassis biz bilan suhbatda bu yerdagi ekinlarning rivojlanish holati haqida o’z fikrlarini bildirdi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.