Xorijiy_tajriba

Agrar soha ilmini rivojlantirishda xorij tajribasi
E’tibor berayotgan bo‘lsangiz, so‘nggi paytlarda Milliy markaz tom ma’noda agrar soha ilmining generatoriga aylanmoqda. Boisi Milliy markaz rahbariyatining tashabbuslari ilmiy-tadqiqot institutlaridagi ilmiy jarayonlarni jonlanishiga quvvat beryapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Masalan, so‘nggi paytlarda tizimli o‘tkazilayotgan “Doktorantlar kuni”, “Drayver ilmiy loyihalar muhokamasi” kabi tadbirlar ilmiy faoliyatda o‘zining ijobiy natijasini beryapti. Yaqindan boshlab “Chet el ilg‘or tajribalarini ilm-fanga joriy etish” mavzusida o‘tkazilayotgan seminarlarda xorijda tajriba oshirib kelgan olimlar bilan ilmiy suhbatlar tashkil etilmoqda.
⌛Bugun ushbu mavzudagi seminarda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari ishtirok etdi. Institut bo‘lim boshlig‘i Jumanazar Ismoilov uch nafar hamkasbi bilan Xitoy xalq Respublikasi Paxtachilik tadqiqot instituti – Institute of Cotton Research (ICR) bilan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida tuzilgan memorandumga asosan Xitoy xalq Respublikasi Paxtachilik tadqiqot instituti (ICR) da xizmat safarida orttirgan tajribalari va ilmdagi yangiliklarni o‘z taqdimotida bayon qildi.
Seminarda Milliy markaz jamoasi va zoom platformasi orqali ilmiy muassasalar xodimlari ishtirok etdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube