Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xorijiy_hamkorlik

Xorijiy_hamkorlik
OLIMLARNING ROSSIYA FEDERATSIYASIGA TASHRIFI AMALIY NATIJALARGA BOY BO'LDI Joriy yilning 25-29 iyun kunlari Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov boshchiligida bir guruh olimlardan iborat delegatsiya Rossiya Fanlar akademiyasi tizimidagi bir nechta ilmiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, istiqbolli kelishuvlarga erishib qaytdi. Delegatsiya a'zolarining ilk tashrifi A.M.Proxorov nomidagi Umumiy fizika instituti federal ilmiy muassasasi bo'ldi. Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov institut direktori Sergey Garnov bilan: —fizikaga oid yangi texnologiyalarni qishloq xo'jaligiga qo'llash; —plazma texnologiyalar asosida mahalliy g'o'za navlari hosildorligini oshirish  va ularning stres omillarga chidamliligini kuchaytirish bo'yicha tadqiqotlar olib borish; —mazkur institut tomonidan ishlab chiqarishga realizatsiya qilinayotgan "lazer" yordamida o'simliklar fiziologiyasini tahlil qilish, ulardagi kasallik va zararkunandalarni real vaqt rejimida, o'ta tezkor aniqlovchi texnikani ishlab chiqish hamda uni qishloq xo'jaligiga qo'llash borasida kelishib olindi. Eslatib o'tamiz, mazkur institut bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga amalga oshirgan davlat tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan "Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi B2B uchrashuvi"da hamkorlik memorandiumi imzolangan edi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.