Xorijiy_hamkorlik

#Rossiya
#Ilmiy_tadqiqot_instituti
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Rossiya Federatsiyasining Vilyams nomidagi yem-xashak ishlab chiqarish va agroekologiya federal ilmiy markaziga amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashrif buyurdi.
Dastlab tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikning natijalari xususida suhbatlashdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlah loyihalarini yo‘lga qo‘yish, kadrlar malakasini oshirish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha strategik sheriklik memoriandiumi imzolandi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga ilmiy markazda yaratilgan sharoitlar va yangi ilmiy tajribalar haqida ma'lumot berildi.