Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xorijiy_hamkorlik

Xorijiy_hamkorlik
Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi delegatsiya a'zolarining Rossiya Federatsiyaga amalga oshirgan xizmat safari Rossiya Fanlar akademiyasi tizimidagi yetakchi ilmiy muassasalarga bo'ldi. Shulardan biri Butunrossiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutidir. Delegatsiya a’zolarini institut direktori, akademik Andrey Izmailov kutib oldi. Dastavval tomonlarning uzoq yillik hamkorligi hamda kelgusi rejalari haqida mulaqot bo'lib o'tdi. Shundan so'ng institut negizidagi "Qishloq xo'jaligi mashinalarni ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha Butunrossiya ilmiy-tadqiqot texnologik instituti" va "Mexanika zavodi"ga ekskursiya uyushtirildi. Majmuadagi qishloq xo‘jaligi mashinalarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish shou-rumi hamda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishildi. Shu bilan birga laboratoriyalarining  video-taqdimoti bo'lib o'tdi. Delegatsiya a'zolari "Mexanika zavodi"da ishlab chiqilayotgan mini-kultvator, kichik xo'jaliklarda ishlatish uchun kartoshka ekish seyalkasi, urug‘ saralash texnikalari bilan tanishib, mazkur texnikalarni O'zbekiston qishloq xo'jaligiga tadbiq etish bo'yicha hamkorlik taklifini bildirdi. Shuningdek, mazkur institut bilan Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha ham kelishuvlarga erishildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.