Xorijiy_hamkorlik

#Genetik_resurslar
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktor o'rinbosari Bahodir Eshchanov Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining Vavilov nomidagi Butunrossiya o'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o'rinbosari Aleksey Zavarzin bilan uchrashdi. Tomonlar ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatlarda qo‘lga kiritilgan innovatsion ishlanmalarni hamkorlikda sinash, o‘zaro ekologik sinovlarni amalga oshirish, yosh kadrlarni tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish, konferensiya hamda seminarlar o‘tkazish bo'yicha fikr almashdi.
⌛Shuningdek, uchrashuvda Milliy markaz tizimidagi O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarjon Ziyayev ham ishtirok etib, ilmiy-muassasalar o'zaro noyob kaleksiyalarni almashish, Milliy genbankni boyitish, ilmiy-tadqiqotlar hamda urug'chilik sohasida amaliy hamkorlik yo'lga qo'yilganini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, mazkur institut bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga amalga oshirgan davlat tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan "Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi B2B uchrashuvi"da hamkorlik memorandiumi imzolangan edi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube