Xorijiy_hamkorlik

ROSSIYA BILAN O'SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI BO'YICHA QO'SHMA TADQIQOTLAR AMALGA OSHIRILADI
Xabar berayotganimizdek, 25-29 iyun kunlari Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov boshchiligida bir guruh olimlardan iborat delegatsiya Rossiya Fanlar akademiyasi tizimidagi bir nechta ilmiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, istiqbolli kelishuvlarga erishib qaytdi. Shulardan biri K.A.Timiryazev nomidagi O'simliklar fiziologiyasi instituti bo'lib, ayni yo'nalishda tadqiqotlari yo'lga qo'yish, shu jumladan biotexnologik tadqiqotlarni hamkorlikda amalga oshirish bo'yicha muzokara bo'lib o'tdi.
Institut jamoasi delegatsiya a'zolarini institut tarixi, ilmiy faoliyati hamda laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirib, tomonlar kelgusida xalqaro ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo'yicha kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida Rossiya O‘simliklar fiziologiyasi instituti hamda Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida memorandum imzolandi. Ushbu kelishuv orqali kadrlar almashinuvi va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish ko'zda tutilgan.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube