Xorijiy hamkorlik

Joriy yilning 30 avgust - 1 sentabr kunlari Janubiy Koreya Respublikasining Gwangju shahrida AI TECH+ 2023 ko‘rgazmasi va "Qishloq xo‘jaligida sun'iy intellektning innovasion texnologiyalari" bo‘yicha bo'lib o'tayotgan xalqaro konferensiyada Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaz direktori professor Alisher Turayev, Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari hamda Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirok etmoqda.
Ushbu konferensiya Janubiy Koreyaning Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari instituti (Jeollanam-do Agricultural Technology Institute - JARES) tomonidan Jeollanamdo provintsiyasing administratsiyasi ko'magida tashkil etilgan bo'lib asosiy maqsadi qishloq xo'jaligida sun'iy intellektni qo'llash va uning joriy etilishini rivojlantirish.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz