Xorij_tajribasi

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining bir guruh xodimlari Janubiy Koreya Respublikasida xizmat safarida bo'lib keldi. Koreya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi taklifiga binoan Qishloq xo'jaligi vazirligi va Milliy markaz vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonda issiqxonalar tashkil etishning mamlakat iqlim sharoitlariga mos standartini ishlab chiqish borasida Koreya tajribasini o'rgandi.
Shuningdek, kichik hajmdagi issqxonalarda an’anaviy usulda yetishtirilayotgan bulg‘or qalampiri va baqlajon ekinlarini parvarishlash borasida yangi innovatsiyalar bilan tanishdi.
Mazkur loyiha doirasida Toshkent viloyati agroxizmatlar markazida in-vitro laboratoriyasi va ko‘chatxonasi, zamonaviy issiqxona tashkil etiladi. Unda Koreya texnologiyasi asosida qulupnay, achchiq qalampir va bulg'or qalampirning in-vitro usulida ko'chatlari ko'paytiriladi. Ular Toshkent viloyatidagi faoliyat olib borayotgan 6 678 ta fermer xo‘jaliklari, 21 633 ta dehqon xo‘jaliklari hamda 453 639 ta tomorqa yer egalariga yetkazib beriladi hamda yuqori xosil olish agrotexnikasi nazorat qilinib, monitoringi yuritiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube