XORAZMDA QOVUN SAYLI O‘TKAZILADI

Keyingi yillarda Xorazm viloyati hududida an’anaviy o‘tkazilib kelinayotgan “Qovun sayli” festivali viloyatga tashrif buyurayotgan mahalliy hamda chet ellik sayyohlarga unutilmas taassurotlar ulashmoqda.
Bu galgi “Qovun sayli” festivali ham joriy yilning 12-13-avgust kunlari Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ichan-qal’a davlat muzeyi qo‘riqxonasi hududida bo‘lib o‘tadi.
Madaniyat va turizm vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur festivalni o‘tkazishdan maqsad viloyatning agroturizm salohiyatini namoyish etish, hududning qadimiy polizchilik tajribasi, shirin-shakar qovun-tarvuzlari va bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirishdan iboratdir.
Festivalda qovunlarning «Gurvak», «Qilichboy beshak», «Qari qiz», «Tuya qovun», «To‘yona», «Ola zamcha», «Xorazm oq novvoti», «Ko‘k gulobi», «Bo‘rikalla» kabi bir-biridan totli yuzlab navlari namoyish qilinadi.
Bundan tashqari, bu yerda turli meva-sabzavotlar, qandolat va asalarichilik, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari ham tashkil etiladi.
Sizni unitilmas qovun saylida kutamiz!
#qovun #festival
VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram