Xorazm viloyatida g‘alla hosili yig‘ishtirib olingan maydonlarga ekilgan tezpishar “Ravnaq-2” navli takroriy paxta unib chiqib, jadal rivojlanmoqda.

Mazkur navning qisqa vegetatsiya davri hamda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilayotgani nihollarning sog‘lom o‘sishi va kelgusida mo‘l hosil uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram