Xonadonbay_loyihalar_tahlili

"Xonadonbay" ilmiy loyihalar AKIS kuzatuvida: оlimlar e'tiboridan chetda qolgan Ishtixondagi xonadonlar...
Samarqand viloyatida xonadonbay loyihalarni amalga oshirish uchun Tayloq va Ishtixon tumanlaridan jami 20 ta xonadon tanlab olinib, ro‘yxatlari shakllantirilgan.
⌛Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tatqiqot insitutining Samarqand ilmiy-tajriba stantsiyasi
Ishtixon tumani “Dehqonobod” MFYida yashovchi fuqaro Xodiev Ismatullo Murodullaevich xonadonida jami 3 sotix yer maydonida no‘xatning "Polvon" navi ekilgan. Tanlangan yer maydonida ekin ekish uchun agrotexnik tadbirlar to‘g‘ri amalga oshirilmagan, no‘xat ekilgan dalada o‘t bosganIlmiy tajriba stansiyasining olimlari tomonidan xonadonga kelib yetarlicha ilmiy-amaliy tavsiyaviy yo‘nalish va ko‘rsatmalar berilmagan. Fenologik kuzatuv daftari tutilgan. Lekin yuqoridagi holatlar qayd etib borilmaganligi ma’lum bo’ldi.
Yana bir shu mahallada yashovchi fuqaro Sayimov Iskandar Normurodovich xonadonida jami 7 sotix yer maydonida no‘xatning "Polvon" navi ekilgan. Ushbu xonadonda hech kim yashamaydi. Tanlangan yer maydonida ekin ekish uchun agrotexnik tadbirlar to‘g‘ri amalga oshirilmagan, no‘xat ekilgan dalada o‘t bosgan. Jumayev Saydullo Eshtuxtaevich xonadonida ham aynan shunday holat kuzatildi.
Ishtixon tumani “Аzamat” MFY Аzamat qishlog‘i Ishtixon tumaning "Azamat" MFYda yashovchi fuqarolar Qoryog‘diyev Nazir Muzropovich, Muzrapov Аbror Mansur o‘g‘li, Muzropov Navruz Nazir o‘g‘li xonadonlari o'rganilganda barchasida birinchi ekin sifatida no‘xatning "Polvon" navi ekilgan. Loyiha doirasida agrotexnik tadbirlar to‘g‘ri amalga oshirilmagan, olimlar tomonidan xonadonga kelib yetarlicha ilmiy-amaliy tavsiyaviy yo‘nalish va ko‘rsatmalar berilmagan. Fenologik kuzatuv daftari tutilgan. Lekin yuqoridagi holatlar qayd etib borilmaganligi ma’lum bo’ldi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube