Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xonadonbay_ilmiy_loyihalar

Xonadonbay_ilmiy_loyihalar
Tomorqachilikda ilmiy yondoshuv Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Toshkent viloyatining Pskent tumanidagi “Navoiy” mahallasida aholi tomorqalarida “Xonadonbay” ilmiy loyihalari amalga oshirilmoqda. Loyiha ishtirokchilaridan biri Asrorxon Abdujabborovdir. U o‘z tomorqasidagi 2 sotix maydonda issiqxona tashkil etib, shirin qalampir yetishtirmoqda. Ilgari issiqxona oddiy plyonka bilan yopilgan bo‘lsa, loyiha doirasida u innovatsion plyonka va salqinlashtiruvchi to‘r bilan ta’minlandi. Bu esa issiqxona ichida haroratni barqaror ushlab turishga va o‘simlik o‘sishi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Natijada hosildorlik sezilarli darajada oshdi. Institut tomonidan loyiha doirasida sifatli urug‘lik, biostimulyatorlar, agrotexnika vositalari, shuningdek, o‘z vaqtida berilayotgan ilmiy tavsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlash amalga oshirilmoqda. Bu omillar Asrorxonning issiqxonasida barakali va sifatli hosil yetishtirish imkonini yaratdi. Mazkur tajriba aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, kichik maydondagi issiqxonalarda ham ilmiy yondashuv orqali yaxshi daromad olish mumkinligini yaqqol namoyon qilmoqda. Mavzu yuzasidan to‘liq ma’lumotni yuqoridagi videolavhadan olishingiz mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.