XITOYDAN KELTIRILGAN CHIGITNING 1 OYLIK HOLATI

Respublika Paxtachilik kengashi a'zolari Toshkent viloyati Bekobod tumani “Yangi hayot” fermer xo‘jaligi dala maydonlariga 05.04.2024 kuni ekilgan chigitning bir oylik holati bilan tanishdi.
G'o'za urug'i mexanika yordamida innovatsion usulda qo'shqator qilib ekilgan bo'lib, yovvoyi o'tlar o'smasligi uchun kimyoviy preparat qo'llangan va poletilen qoplama ostiga ekilgan.
“Yangi hayot” fermer xo‘jaligi agronomi Xitoylik mutaxassis HI CHAN ma’lum qilishicha, bu qo‘shqator usulda ekish natijasida har bir gektarga 25 kg.dan chigit sarflangan, odatda, mahalliy navni an’anaviy bir qator usulda ekishda gektariga 30-35 kg urug' sarf qilinadi. Fermer xo‘jaligi agronomining ma’lum qilishicha, Chjuntay A2 Bekobod tumanida yerga qadalgan mahalliy chigitlardan 10 kun o‘tib ekilgan bo‘lsada, ayni paytda ularga tenglashib olgan.
Ushbu nav yurtimizda ilk bor tajriba sifatida ekilgan bo‘lib, uning ustunlik jihati yerdan unumli foydalanish va yuqori hosil olish imkonini beradi. Tajriba kutilgan natijani bersa, kelgusi yildan Chjuntay A2 navi respublikaning boshqa hududlarida ham yetishtirilishi maqsad qilingan.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube