XAZONLARNI YOQMANG!

Barglar bilan boyitilgan yer yengil bo‘ladi, u zich tuproqni pishirish kukuni kabidir va ekinlarning ildizlariga havo kirishini ta’minlaydi. Bu ayniqsa suv turg‘un bo‘lgan joylarda botqoqlanishning oldini olish uchun muhimdir.
O‘rmonlarda barglar asrlar davomida to‘planib, o‘simliklar va hayvonlar uchun qulay muhit yaratadi. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, xazon – keraksiz chiqindi emas, balki oziq moddalar aylanishining muhim bo‘g‘inidir. Daraxtdan to‘kilgan barglarda chuvalchanglar tez ko‘payadi, xazon ular uchun oziq-ovqat hisoblanadi. O‘z navbatida, tuproqqa organik moddalar kirib keladi va sifati yaxshilanadi.
Kuzgi barglarda azot shu qadar ko‘pki, bu borada barg chirindi va qo‘y go‘ngi bilan ham bellasha oladi. Shu jihatdan o‘simliklar uchun foydasi benazir. Xazon bilan to‘yingan tuproq "bahavo" bo‘lib, o‘simliklar ildizi nafas olishini tubdan yaxshilaydi. Mazkur omil tufayli tuproq qurib ketmaydi, unumdor qatlami parchalanmaydi, sovuq havoga chidamli bo‘ladi.
To‘plangan barglarni ko‘mish – eng maqbul yo‘l. Chunki ular ekologik tizimning bir unsuri, u tabiatga qaytarilishi, ona yer bag‘riga singishi darkor.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube