Xalqarohamkorlik

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar millliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Koreya oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilikda ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS) vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yil davomida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qildi.
Shuningdek, koreyalik hamkorlar tomonidan 2024 qurilishi rejalashtirilayotgan issiqxona taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Loyihalardan biri aynan issiqxonalarda qulupnay ko‘chatlarini Koreya texnologiyasi asosida yetishtirishdir.
Shuningdek, qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan 2024 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi
https://t.me/AKIS_milliy_markaz