Xalqaro_tajriba

Dunyo ilm-fani yutuqlaridan xabardorlik —taraqqiyotni tezlashtiradi!
Safar qilishda xayr va baraka bo‘ladi, deydi donolar. Bejiz emas, albatta. Boisi safar qilgan kishi o‘zi uchun notanish bo‘lgan manzillarga boradi va yangiliklardan voqif bo‘ladi. Ayniqsa olimning safar qilishi yanada manfaatlidir. Chunki ko‘rganini o‘rganib, o‘z yurtida tatbiq qiladi. Agar dunyo ilm-fani yutuqlaridan bexabar qolsak, o‘z qobig‘imizdan chiqa olmaymiz, rivojlanish ham bo‘lmaydi. Dunyo ilm-fani yutuqlaridan xabardorlik esa taraqqiyotni tezlashtiradi.
Shu nuqtai nazardan aytganda, Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar ham xorij safarlarida bo‘lib, dunyo ilm-fanidagi yangiliklar va tajribalarni o‘rganib kelishmoqda.
Milliy markazda yo‘lga qo‘yilgan an’anaga ko‘ra, endilikda xorijiy ilmiy muassasalarda bilim va ko‘nikmalarini boyitish yoki tajriba orttirishga borgan ilmiy xodimlar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadilar, taqdimotlar o‘tkazishadi.
Bugun Milliy markazda ushbu maqsadda tashkil etilgan ilk davra suhbatida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudirlari Ravza Mavlyanova va Nurbek Xushvaqtov o‘zlarining Italiya va Koreya Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safarlari davomida ilm-fan yo‘nalishida tanishgan eng so‘nggi yangiliklari xususida ma’lumot berishdi. Aytish mumkinki, davra suhbati juda qiziqarli bo’ldi.
Olimlarimizning xizmat safarlariga oid tafsilotlarni tez kunlarda rasmiy sahifalarimiz orqali videoformatda e’tiboringizga havola qilamiz.
Bizni kuzatib boring!
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEBTelegram Instagram | Facebook |Youtube