Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro_konferensiya

Xalqaro_konferensiya
Konferensiya ishtirokchilari O’zbekistonda gen muhandisligi yutuqlari bilan tanishdi Oldingi postlarimizda ta’kidlaganimizdek, poytaxtimizda bo’lib o’tayotgan VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasining bugungi kuni ishtirokchilar uchun mazmunli va esda qolarli bo’ldi. ⏺Bir guruh xorijiy mehmonlar O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi ga tashrif buyurishdi. Markaz direktori, professor Zabardast Bo’riyev mehmonlarga ilmiy jamoaning gen muhandisligi sohasida erishgan natijalari xususida atroflicha ma’lumot berdi. Tashrif jarayonida mehmonlar Markazning dala tajriba maydonida ham bo’lishib, gen nokaut yo’li bilan yaratilgan g’o’za navlarini ko’rishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. ⌛ Ayniqsa, Markaz ilmiy jamoasi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi “Tomovak” vaksinasi mehmonlarda katta qiziqish uyg’otib, o’zbek olimlarining biotexnoligiyalar yo’nalishidagi ilmiy ishlariga yuqori baho berishdi. Konferensiya tafsilotlarini bizda kuzatib boring. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEBTelegram Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.