Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro_hamkorlik
#JDITI ⏩ JANUBIY DEHQONCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI VA ITALIYANING CREA TASHKILOTI HAMKORLIGI Ayni kunlarda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Italiyaning Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiyoti kengashi (CREA)ning mikrobiologiya va urug'chilik bo'yicha yetakchi olimlari mehmon bo'lib turibti. ⏩Olimlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish” (EU-AGRIN) loyihasi doirasida tashkil etilgan “Pistachilik” va “Bahorgi bug’doy” innovatsion guruhlari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, ular ishtirokida "Zamonaviy urug’chilik va iqlim o’zgarishiga moslashtirilgan qishloq xo’jaligini rivojlantirish" mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Taqdimot qizg'in bahs va munozaraga boy bo'ldi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.