Xalqaro_hamkorlik

#JDITI
⏩ JANUBIY DEHQONCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI VA ITALIYANING CREA TASHKILOTI HAMKORLIGI
Ayni kunlarda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Italiyaning Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiyoti kengashi (CREA)ning mikrobiologiya va urug'chilik bo'yicha yetakchi olimlari mehmon bo'lib turibti.
⏩Olimlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish” (EU-AGRIN) loyihasi doirasida tashkil etilgan “Pistachilik” va “Bahorgi bug’doy” innovatsion guruhlari faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, ular ishtirokida "Zamonaviy urug’chilik va iqlim o’zgarishiga moslashtirilgan qishloq xo’jaligini rivojlantirish" mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Taqdimot qizg'in bahs va munozaraga boy bo'ldi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube