Xalqaro_hamkorlik

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Turkiyaning "Bademli" ko'chatchilik korporatsiyasi rahbari Hurshit Nalli bilan uchrashdi
Mazkur korporatsiya Turkiyada yetakchi ko'chatchilik tashkiloti hisoblanadi. U mevali, manzarali va noyob daraxtlarning ko'chatlarini yetishtirish bilan bir qatorda jahon kolleksiyasidagi qimmatbaho gullar ko'chatlarini ham iste'molchilarga yetkazib beradi. Ayni vaqtda Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo davlatlariga o'z maxsulotlarini eksport qiladi, shu jumladan O'zbekiston bilan ham yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Uchrashuvda tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Mulaqot davomida Milliy markaz tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan ko'chatchilikni rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilish taklifi bildirildi.
⏩Shuningdek, kelgusida funduk, anjir ko'chatlarini yetishtirish, in-vitro usulida ko'chatchilikni tashkil etish va qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha ham kelishuvga erishildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube