xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Tojikistonda agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini rivojlantirishda yaqin hamkor
Ikki do‘st davlat barcha sohalar qatori agrar sohani rivojlantirishda ham yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Aytish mumkinki, joriy yilda O‘zbekiston tomonidan Tojikistonning So‘g‘d viloyatida Qishloq xo‘jaligida agroxizmatlar ko‘rsatish (AKIS) markazi tashkil etilgani ham o‘zaro hamkorlikni yana bir bosqichga ko‘tardi.
Bugun Milliy markazda Tojikiston "Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va kadrlar malakasini oshirish markazi" davlat unitar korxonasi rahbari Asadullozoda Izatullo rahbarligidagi delegatsiya bilan bo‘lgan uchrashuvda ham hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi.
Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov samimiy muloqotda Tojikistonda Qishloq xo‘jaligida agroxizmatlar ko‘rsatish (AKIS) markazi faoliyatini takomillashtirish borasida davlat tomonidan berilgan vakolat doirasida ko‘mak berishini ma’lum qildi.
⌛ Delegatsiya vakillari Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi agroxizmatlar markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
O‘zaro samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv so‘nggida tomonlar hamkorlikning yangi bosqichini amalga oshirish yuzasidan bayonnomalarni imzolashdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEBTelegram Instagram | Facebook | Youtube