Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro_hamkorlik
#Ilmiy_tadqiqot O‘zbekiston-Belarus: Tolali va moyli zig‘irning noyob genetik manbaalari Milliy genofondga jalb etildi Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarjon Ziyayev boshchiligidagi olimlardan iborat delegatsiya Belarus Respublikasidagi ilmiy muassasalarda bo'lib qaytdi. Xususan, Zig‘ir Instituti bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida germoplazma almashinuvi amalga oshirilib, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Milliy Genbankida mavjud bo‘lmagan 10 ta moyli hamda 5 ta tolali zig‘ir namunalarini mamlakatimizga olib kelish bo'yicha kelishuvga erishdi. Kelgusida ushbu nav namunalar ustida ilmiy tadqiqotlar davom ettiriladi. Shu bilan bir qatorda ikki institut o‘rtasida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston va Belarus zig‘ir germoplazmasida moydorlik va tola chiqimining genetik asoslarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarish bo‘yicha kelishib olindi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.