Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro_hamkorlik
O‘zbekistonlik olimlar Turkiyada pistachilikni rivojlantirish tajribasini o‘rganmoqda Shu kunlarda Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafar Ziyayev boshchiligidagi delegatsiya xizmat safari bilan Turkiyada bo‘lib turibdi. Delegatsiya a’zolari safar davomida Turkiyaning pistachilik rivojlangan Gaziantep viloyatidagi Pistachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Ular turkiyalik olimlar bilan uchrashib, pista yetishtirish va qayta ishlashning zamonaviy usullari hamda ilmiy yutuqlarini o‘rganmoqda. Delegatsiya a’zolari pista yetishtiruvchi va qayta ishlovchi ilg‘or xo‘jaliklar faoliyati bilan ham tanishib, mamlakatimizda bu sohaga oid yangi istiqbollarni muhokama qilmoqda. WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.