Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro_hamkorlik
CIMMYT vakillari bilan barqaror qishloq xo‘jaligiga tomon Xabar berib borayotganimizdek, yurtimizda bo‘lib turgan Xalqaro CIMMYT (International Maize and Wheat Improvement Centre) ilmiy markazi vakillari Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi g‘allachilik sohasi bilan shug‘ullanuvchi ilmiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Muloqotlar davomida xalqaro tajriba almashinuvi, hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash va istiqbolli loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda. Mehmonlarning navbatdagi manzili — Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘ldi. Tashrif davomida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda rivojlantirish, mavjud agroresurslardan samarali foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Ayniqsa, g‘allachilik yo‘nalishini ilm-fanga asoslangan yondashuvlar orqali modernizatsiya qilish takliflari ilgari surildi. Ushbu tashrif xalqaro tajriba va ilg‘or ish uslublarini chuqur o‘rganib, ularni milliy amaliyotga tatbiq etish orqali barqaror va samarali qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyatga ega. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.