Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro_aloqalar

Xalqaro_aloqalar
#Genofond #Genbank Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi: O‘zbekiston olimlari Niderlandiyada ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Z. Ziyayev hamda bo'lim mudirlari H.Xasanov, O.Turayevlar boshchiligidagi delegatsiya Niderlandiyada xizmat safarida bo‘lib, agrar ta’lim va innovatsiyalar bo‘yicha jahon yetakchisi sanalgan Vageningen universiteti va tadqiqot markazi (Wageningen University & Research, WUR) faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida asosiy e’tibor milliy genbank tizimini modernizatsiya qilish, genetik resurslarni xalqaro standartlar asosida boshqarish, urug‘chilikni raqamlashtirish va iqlim o‘zgarishiga chidamli navlar yaratish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganishga qaratildi. Delegatsiya WUR qoshidagi O‘simliklar genetik resurslari markazi (CGN) faoliyatini o‘rgandi. Mazkur markaz genbank boshqaruvi bo‘yicha ISO 9001 xalqaro sifat standartini qo‘lga kiritgan dunyodagi ilk genbank sifatida alohida e’tirof etiladi. Tashrif davomida: — urug‘larni zamonaviy sharoitda saqlash; — genetik resurslarni raqamli kodlash va pasportlashtirish; — genetik xaritalash, markerlarga asoslangan seleksiya (MAS), CRISPR-Cas kabi ilg‘or genom texnologiyalari; — smart issiqxonalar, urug‘larni regeneratsiya qilish va ularning hayotiy xususiyatlarini tiklash; — noyob namunalarni kriosaqlash texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashildi. Shuningdek, institut vakillari Niderlandiyaning mashhur “Seed Valley” hududida bo‘lib, Enza Zaden, SeedNL, Plantum kabi xalqaro kompaniyalar faoliyati bilan ham tanishdilar. Uchrashuvlarda urug‘chilik kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va istiqboldagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan muhim muzokaralar olib borildi Ushbu tashrif O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti uchun xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, O‘zbekistonda zamonaviy, raqamlashtirilgan va xalqaro darajada tan olinadigan Milliy genbank tizimini shakllantirish, mahalliy genofondni ishonchli saqlash hamda qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli navlar yaratish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi. BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING! O'GRITI axborot xizmati Telegram   Instagram Facebook YouTubeWEB

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.