Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro_aloqalar

Xalqaro_aloqalar
XITOY QISHLOQ XO'JALIGI FANLAR AKADEMIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV ⏩Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va taraqqiyoti instituti ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi. Dastlab, Shuhrat Otajonov Milliy markaz faoliyati, tizimidagi ilmiy muassasalar, ularning yo'nalishlari, laboratoriyalar va Xitoy Xalq Respublikasi bilan uzoq yillik hamkorlik aloqalari haqida ma'lumot berdi. Kelgusida Qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish maqsad qilinayotgani va unda aynan qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotiga oid ilmiy-tadqiqotlar olib boriladigan yangi institut joriy etish ham ko'zda tutilayotgani haqida aytdi. ⌛"Bunda biz Xitoy qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi tajribasidan ham foydalangan holda sizning jamoangiz bilan qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshiramiz va tajribalarni joriy qilamiz"- deya ta'kidladi Sh.Otajonov. Xitoy tomoni ham Milliy markaz direktori takliflarini ma'qullab, qo'shma ilmiy tadqiqotlar, seminar va ilmiy konferensiyalar o'tkazishga tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, xalqaro tan olinuvchi scopus jurnallarida qo'shma maqolalar tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish uchun stajirovkalar olib borish borasida ham takliflar bildirildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.