Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

xalqaro_aloqalar

xalqaro_aloqalar
VIR va O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqoqt instituti o‘rtasida xalqaro muloqot bo‘lib o‘tdi N.I. Vavilov nomidagi Butunrossiya o‘simliklar genetik resurslari instituti (VIR, Rossiya) va O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti ishtirokida xalqaro telemuloqot tashkil etildi. Uchrashuvda Rossiya tomonidan VIR direktori, b.f.d., RFA muxbir a’zosi Elena Xlestkina, direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, bo‘lim va laboratoriya mudirlari, O‘zbekiston tomonidan esa institut bo‘lim va laboratoriya rahbarlari qatnashdi Kun tartibida: -2024-yilda O‘zbekiston hududida o‘tkazilgan qo‘shma ekspeditsiya natijalari; -ekspeditsiya davomida to‘plangan sabzavot ekinlari namunalari bo‘yicha dastlabki ilmiy tahlillar; -kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, ikki institutni umumiy tarix va Vavilov ilmiy maktabi an’analari bog‘lab turadi. 2024-yil hamkorlik uchun muhim yil bo‘lib, “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida guar o‘simligining moslashuvi va seleksiya salohiyatini ochib berish” mavzusidagi qo‘shma loyiha ma’qullandi va u 2026-yilda boshlanishi rejalashtirildi. Qo‘shma ekspeditsiya davomida 699 ta namuna (jumladan, madaniy o‘simliklarning noyob yovvoyi ajdodlari va sabzavot ekinlari) to‘plandi. Ularning 90% dan ortig‘idan yangi reproduksiyalar olindi, namunalarning urug‘lari hozirda Genbankda uzoq muddatli saqlashga tayyorlanmoqda Tomonlar kelgusida biotexnologiya, genofondni o‘rganish va seleksiya yo‘nalishlarida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishga kelishib oldilar BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING! O'GRITI axborot xizmati Telegram   Instagram Facebook WEB https://t.me/OGRITI_Uzbekistan

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.