Xalqaro "Uzum sayli" festivaliga oz qoldi!

Bugun O‘zbekiston har jabhada dunyo nigohini o‘ziga qaratib turibdi. Qadriyat, urf-odatlarimizdan tashqari xushta’m mevalarimizga ham bugun qiziqish katta. Bog‘larimizda yetishtirilayotgan ekinlar sifat ko‘rsatgichi borasida doim peshqadam.
Shu sababli ham xorijlik mehmonlarning yurtimizga tashrifi tobora ko‘paymoqda. Shu yilning 23-24-avgust kunlari Toshkent viloyati, Parkent tumanida tashkil etilayotgan "Uzum sayli" xalqaro festivaliga ham tashrif buyuruvchilar soni ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.
Ushbu festival mamlakatimizning turizm salohiyatini namoyish etish, qadimiy uzumchilik, vinochilik tajribasi, bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirishga qaratilgan.
Unda eng sara uzum navlari va qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, vino sanoatining xalqaro brend kompaniyalari ko‘rgazmalari, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlar, xorijiy va mahalliy yetakchi mutaxassislarning mahorat darslari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, festivalda estrada yulduzlari ishtirokidagi katta gala konsert dasturi ham namoyish etilishi rejalashtirilgan. Siz ham ushbu tadbirda faol ishtirok eting.
Uzum sayliga marhamat!
Website Telegram Facebook YouTube Instagram