Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro "Uzum sayli" festivali doirasida Italiya vinochilik uyushmasi rahbari Leonardo Kommuchi, “Marchesi Frescobaldi" Innovatsiya va vinochilik bozori madaniyati kompaniyasi vakili Simone Fabbri,…

Xalqaro "Uzum sayli" festivali doirasida Italiya vinochilik uyushmasi rahbari Leonardo Kommuchi, “Marchesi Frescobaldi" Innovatsiya va vinochilik bozori madaniyati kompaniyasi vakili Simone Fabbri,…
Serbiya, Rossiya, Koreya, Singapur, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon kabi 30 dan ortiq davlatlardan olimlar, ekspertlar va sohaning yirik namoyondalari ishtirok etishmoqda. Festival O‘zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston fermerlar uyushmasi hamkorligida o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari festivalda xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalaridan vakillar ham ishtirok etmoqda. Ayni damda "O'zbekistonda uzumchilik: innovatsion yondashuv va agrotexnologiyalarni qo'llashning zamonaviy usullari" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasining ikkinchi qismi boshlandi. Unda bir qator xorijiy hamda mahalliy ekspertlar o'z maruzalari bilan chiqishlar qilmoqda. Aytish kerak, 2023-yilda 100 mingdan ortiq mahalliy hamda 1 000 dan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan. Bu yilgi festivalga 150 ming nafarga yaqin mahalliy hamda 3 mingga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Festival doirasida tanlov tashkil etiladi. Unda viloyatlar hamda tuman-shaharlar o‘rtasida uchta o‘rin sohiblari pul mukofoti bilan, 10 ta nominatsiya egalari esa ikki kamerali muzlatgich bilan taqdirlanadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.